date
views 2 070

FIFA kunlari doirasida «Barselona» bir yo‘la ikki futbolchisidan ayrildi

FIFA kunlari doirasida «Barselona» bir yo‘la ikki futbolchisidan ayrildi
Foto: «Tribuna.com»
«Barselona» himoyachilari Nelson Semedu hamda Samyuuel Umtiti jarohatga yo‘liqdi.
Semedu 7 sentyabr kuni Portugaliya terma jamoasi safida Serbiyaga qarshi o‘yinda shikastlandi. U Aleksandr Kolarov bilan to‘qnashib ketdi va o‘yinni davom ettira olmadi. Hozircha uning jarohati darajasi haqida ma’lumot berilganicha yo‘q.

Aymerik Lyaport o‘rniga Fransiya terma jamoasiga taklif qilingan Samyuuel Umtiti esa terma mashg‘uloti vaqtida jarohat olgan. Shu boisdan Umtiti Albaniyaga qarshi bahsni o‘tkazib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda kataloniyaliklarning yetakchilari — Leo Messi va Luis Suares ham jarohatini davolash bilan band.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » FIFA kunlari doirasida «Barselona» bir yo‘la ikki futbolchisidan ayrildi