2003 yili "Inter" forvardi Ronaldodan katta intervyu olingan va unda Ektor Kuper borasida savollar bilan ham murojaat etilgandi. Afsonaviy Ronaldo o‘ziga hos tarzda Kuper borasida salbiy fikrlar bildirib o‘tgan. E’tiboringizga ushbu intervyuning aynan Kuper borasida gap ketgan joyini havola etamiz.
Sizga juda nozik bir savol berishga ijozat bergaysiz. Sizni doimo qo‘llab-quvvatlab turadigan va davolanish uchun barcha sharoitlarni yaratib bergan "Inter" prezidenti Massimo Moratti bilan qanday munosabatdasiz? Haqiqatan ham, Milanda, butun Italiyada bo‘lgani kabi, sizning ketishingiz xiyonat sifatida qabul qilindi ...
Men har doim Massimo Moratti bilan iliq insoniy munosabatlarda bo‘lganman. U men uchun otadek. Shunday bo‘ldi va shunday ham bo‘ladi. Mening Ispaniyaga ko‘chib o‘tishim hech narsani o‘zgartirmadi.
Men jarohat olganimda, menga prezident sabr-toqatni va butun "Inter" jamoasini o‘rnak qilib ko‘rsatdi. Men har doim Moratti, jamoadoshlarim va muxlislarning menga bo‘lgan munosabatini yuqori baholaganman. Ammo, qaytganimdan so‘ng, ko‘p o‘tmay, hamma narsani tubdan o‘zgartirgan bir voqea sodir bo‘ldi.
Nimani nazarda tutayapsiz?
Bir qator sabablarga ko‘ra men klub murabbiyidan, uning kasbiy va insoniy fazilatlaridan ko‘nglim qoldi (Ronaldo "Inter" bosh murabbiyi Ektor Kuper haqida gapirgan, lekin uni ismini aytib o‘tishni istamagan). U bilan klubimiz hech narsaga erishmasligiga amin bo‘ldim. Bundan tashqari, oramizda begonalashish kuchaydi. Men o‘yinga tayyor bo‘lganimda jangga shoshildim. U meni sababsiz zaxirada qoldirdi. Bu bir necha marta takrorlangan. Yaponiya va Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadigan jahon kubogi yaqinlashayotgan edi va men terma jamoadan chaqiruv olmaslikdan jiddiy qo‘rqishni boshladim. O‘yin amaliyotisiz qolgan futbolchi kimga kerak? O‘zaro sovuq munosabatlarimiz xech qachon hal qilinmadi.
Demak, sizning ketishingiz muqarrar edi?
Ha, jahon chempionatiga ketish oldidan, men ushbu murabbiyning boshchiligi ostida endi o‘ynamasligimni aytdim. Klub prezidenti menga vaziyat yaxshilanishiga va’da berdi. Ammo Osiyoga ketishdan oldin, vaziyat og‘ir ahvoldaligicha qolgandi. Keyin, men butunlay terma jamoadagi o‘yinlarga e’tiborimni qaratdim va endi Moratti bilan kurashishga to‘g‘ri kelmadi. Men jahon chempioni unvoniga ega bo‘lib qaytganimda, darhol bu odamning boshchiligi ostida mashg‘ulot o‘tkazmasligimni aytdim (Kuper nazarda tutilgan). Morattidan aniq javob bo‘lmagani uchun, men "Inter"da o‘ynashni davom ettirishni xohlamasligim to‘g‘risida aniq qaror qildim.
Sizningcha, Kuperni jamoadan ketishi biron narsani o‘zgartirarmidi?
O‘ylashimcha shunday... Ayniqsa "Inter" uchun! Bu klub nihoyat g‘alaba qozonish imkoniyatiga ega bo‘lardi. "Inter" tarkibida juda yaxshi o‘yinchilar bor, ammo g‘olib ruhiyatiga ega futbolchilarnining g‘alaba qozonadigan murabbiyi yo‘q. Massimo Moratti jamoaga dunyoning eng yaxshi futbolchilarini sotib olishiga qaramay, italiyaliklar yuqori natijalarga erishmasligidan charchashgan. Muxlislar va klub prezidenti ko‘proq narsaga loyiqdir. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Shimoliy Koreya Rossiyaga uzoqqa zarba beruvchi qurollar yubordi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi