19:34 / 15.09.2019
3 257

Vadim Abramov: “Shogirdlarimni tanimay qoldim”

Vadim Abramov: “Shogirdlarimni tanimay qoldim”
Coca Cola Superligasi 19-tur doirasidagi “Qo‘qon-1912” – “Bunyodkor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida “Bunyodkor” ustozi Vadim Abramov ishtirok etdi.
"O‘yin biz uchun omadsiz boshlandi. Kutilmaganda tezkor gol o‘tkazib yubordik. Birinchi bo‘limning qolgan qismida vaziyatni o‘nglashga harakat qildik. Biroq vaziyatlardan foydalana olmadik. Qo‘qonliklar ikkinchi bo‘limda yuqori saviyada o‘tkazishdi. Futbolchilarim ikkinchi golni ham tushunarsiz holatda o‘tkazib yuborishdi. Uchinchi gol esa penaltidan urildi, u vaziyatni yozuvini ko‘rsam biron fikr bildirishim mumkin. Negadir, shogirdlarim bugungi o‘yinga tayyor emasdek tuyulishdi. Ularni tanimay qoldim. Qo‘qonliklar bugun yaxshi o‘yin namoyish etishdi.

Terma jamoamizning Jahon chempionatiga chiqish imkoniyati yuqori deb o‘ylayman. Birinchi o‘yindan keyin xulosa chiqarishga erta", - deydi Abramov.

Manba : kokand1912.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Vadim Abramov: “Shogirdlarimni tanimay qoldim”