
Foto: Twitter
Turinning «Yuventus» klubi futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan bahsda «Fiorentina» bilan durang o‘ynadi (0:0).
Turiinliklar 560 kun deganda ilk bor A Seriya peshqadamaligini qo‘ldan chiqardi. So‘nggi bor «Yuventus» 2018 yilning 3 martida musobaqaning birinchi o‘rnida emas edi. O‘shanda «Napoli»dan ortda qolgan turinliklar oxir-oqibat chempionlikni qo‘lga kiritgandi.
Hozir esa 3-turdan so‘ng «Inter» 9 ochko bilan 1-o‘rinda ketmoqda. «Yuve» hisobida esa 7 ochko mavjud.
Manba: daryo.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar