Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston boks terma jamoasining yana bir vakili chorak finalga yo‘llanma oldi.
-81 kilogramm vazn toifasidagi Dilshodbek Ro‘zmetov nimchorak finalda ruminiyalik Andrei Aradauga qarshi ringga ko‘tarilib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa chorak finalga yo‘l olgan o‘zbekistonlik bokschilar soni to‘rt nafarga yetdi.
Bungacha O‘zbekiston boks terma jamoasining -52 kg vazn toifasidagi vakili Shahobiddin Zoirov, -57 kg vazn toifasidagi Miraziz Mirzaxalilov va -69 kilogramm vazn toifasidagi Bobousmon Baturov chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishgandi.
Terma jamoaning uch vakili esa turnirdagi ishtirokini erta yakunladi. Biroz oldinroq, -91 kg vazn toifasidagi Sanjar Tursunov hindistonlik Sanjit Sanjitga yutqazib, turnirdagi ishtirokini yakunladi. Ungacha -75 kg vazn toifasi vakili Fanat Qahramonov va -63 kg vazn toifasidagi Elnur Abduraimov ham turnirni nimchorak finaldan tark etgandi.
Endi O‘zbekiston terma jamoasining +91 kg vazn toifasidagi vakili Bahodir Jalolov ukrainalik Sotne Rogavaga qarshi chorak final yo‘llanmasi uchun jang olib boradi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin