
"France Football" dunyoning eng darvozaboni uchun yangi Lev Yashin (Yachine Trophy) mukofotini e’lon qildi.
Mukofotning birinchi taqdimoti 2 dekabr kuni "Oltin to‘p" ni topshirish marosimida bo‘lib o‘tadi.
21 oktyabr kuni 10 ta nomzod darvozabon e’lon qilinadi.
Eslatib o‘tamiz, Yashin 1963 yili "Oltin to‘p"ni yutgan va ushbu sovrinni qo‘lga kiritgan yagona darvozabon hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi 1987 yildan buyon dunyoning eng yaxshi darvozabonini e’lon qilib keladi. O‘tgan mavsumda, ushbu sovrinni Tibo Kurtua qo‘lga kiritgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar