
Qozog‘istonning Nur-Sulton shahrida sport kurashlari bo‘yicha jahon chempionati davom etmoqda.
-97 kg vazn toifasida Magomed Ibragimov 1/8 finalda ruminiyalik Albert Saritovga qarshi gilamga tushdi va 6:5 hisobida g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga chiqdi.
Endi uning chorak finaldagi raqibi amerikalik tajribali kurashchi, 2016 yilgi Rio Olimpiadasida, Las-Vegas (2015) va Parijdagi (2017) jahon chempionatlarida g‘olib bo‘lgan Kayl Snayder bo‘ladi.
Magomed Ibragimov saralash bosqichida polshalik Radoslav Baranni osonlik bilan taslim etgandi - 10:0.
Shuningdek, O‘zbekiston erkin kurash jamoasining -61 kg vazn toifasidagi vakili Abbos Rahmonov nimchorak finalda ruminiyalik Nikolai Oxlopkovni 8:1 hisobida yengib, chorak finalga chiqdi.
Abbos Rahmonov saralash bosqichida filippinlik Yegor Dmitriyevni osonlik bilan yenggandi (14:2). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar