07:11 / 24.09.2019
2 631

“Bunyodkor” bilan sudlashgan Lushan sudda yutqazdi

“Bunyodkor” bilan sudlashgan Lushan sudda yutqazdi
Xabaringiz bor, “Bunyodkor” futbol klubi va jamoaning sobiq bosh murabbiyi Sergey Lushan o‘rtasida o‘tgan yildan buyon sud jarayoni bo‘lib kelayotgan edi.

2019 yil 28 fevral kuni fuqarolik ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Uchtepa tumanlararo sudi klub murabbiyga u “Bunyodkor”dan talab qilgan summaning yarmini to‘lashi lozimligi bo‘yicha qaror qabul qilgan edi. Keyinchalik “Bunyodkor” sud chiqargan qaror bo‘yicha Lushan oldidagi to‘lovlarni amalga oshirdi. Ammo bunga rozi emasligini ochiqchasiga bildirib, Lushan klubga nisbatan ommaviy axborot vositalari orqali keskin chiqishlar qildi.

Murabbiy klub ustidan sudga yana, ya’ni ikkinchi marotaba, bu safar yuqoriroq sudga ariza berishini qayta-qayta takrorladi. Natijada, u fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi qarori ustidan yuqori bo‘g‘indagi sudga – Toshkent shahar fuqarolik sudiga kassatsiya shikoyati (protest) bilan murojaat qildi.

Toshkent shahar fuqarolik sudida ham jarayon bir necha oy davom etdi. Nihoyat, 20 sentyabr kuni, Lushanning kassatsiya shikoyatiga nisbatan sudning yakuniy qarori e’lon qilindi hamda unga ko‘ra, “Bunyodkor” bilan Lushan o‘rtasidagi sud ishi klub foydasiga hal bo‘ldi. Demak, klubning endilikda murabbiy oldida hech qanday majburiyatlari yo‘q.

Manba: Sports.uz

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » “Bunyodkor” bilan sudlashgan Lushan sudda yutqazdi