
Fati Messi, Suares va Dembelelarning jarohati tufayli bosh jamoada o‘ynash baxtiga muyassar bo‘ldi.
"Fati menga yoqadi va unga yordam berishga harakat qilaman. U - fantastik o‘yinchi, unda muvaffaqiyat qozonish uchun barcha sharoit bor.
U huddi men kabi karerasini davom ettirishini xohlardim. Faqatgina u hali 16 yosh ekanligini unutmasligimiz lozim.
Menga o‘shanda Ronaldino va Raykaardlar yordam berishgan edi. Murabbiy meni bir necha marta tarkibga kiritmagan va bundan juda g‘azablanganman. Endi yoshim ulg‘aygach hammasini tushunyapman", - deydi Messi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar