4 011
Jahon chempionati sovrindorlari va ularning murabbiylari davlat mukofoti bilan taqdirlandi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida yuqori natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida»gi farmoni imzolandi.
«Mamlakatimizda sport sohasini rivojlantirishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar va yaratilayotgan sharoitlar tufayli sportchilarimiz tomonidan ulkan yutuqlar qo‘lga kiritilmoqda.
Xususan, joriy yilning 9-21 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahrida dunyoning 80ga yaqin mamlakatlari o‘rtasida boks bo‘yicha bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida milliy terma jamoamiz vakillari yuksak azmu shijoat va mahorat namunasini ko‘rsatib, birinchi o‘rinni egallaganligi hamda Vatanimizning xalqaro miqyosdagi shon-shuhratini tarannum etishga katta hissa qo‘shganligi, yurtimizda sportni keng ommalashtirish, sog‘lom va barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlar ongida milliy g‘urur, ona Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish borasidagi munosib xizmatlari uchun ular faxriy unvon va medallar bilan mukofotlandi», deyiladi farmon matnida.
Farmonga ko‘ra, jahon chempionlari Bahodir Jalolov va Mirazizbek Mirzaxalilov «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan, Shahobiddin Zoirov esa «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi» unvoni bilan taqdirlandi.
«O‘zbekiston iftixori»
Jalolov Bahodir Isomiddin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Mirzaxalilov Mirazizbek Mirzakarim o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi»
Qurbonov Marat Galiyevich - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi
Qilichev To‘lqin Maxmurovich - Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha murabbiyi
Erkayev Baxodir Turgunovich - Farg‘ona viloyati ixtisoslashtirilgan bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi
«O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sportchi»
Zoirov Shaxobidin Shokirovich - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
«Kelajak bunyodkori» medali bilan
Baturov Bobo-Usmon Shamsutdin o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
Ro‘zmetov Dilshodbek Yusupbay o‘g‘li - Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi
«Shuhrat» medali bilan
Axmedov Burxon Baxramovich - Paxtakor tumanidagi bolalar va o‘smirlar sport maktabining boks bo‘yicha murabbiyi, Jizzax viloyati
Qilichev Farruh Komilovich - Chirchiq ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatining boks bo‘yicha bosh murabbiyi, Toshkent viloyati
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston terma jamoasi 9-21 sentyabr kunlari Rossiyaning Yekaterinburg shahrida o‘tkazilgan turnirda 3ta oltin (Bahodir Jalolov, Mirazizbek Mirzaxalilov va Shahobiddin Zoirov), 1ta kumush (Dilshodbek Ro‘zmetov) va 1ta bronza (Bobousmon Baturov) medallari bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan va jahon chempionatlarining eng yaxshi natijasini qayd etgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron AQSHdan 1 trln dollar kompensatsiya talab qildi
Rashida Tolib Kongress a’zolariga «achchiq haqiqat»ning suratini ko‘rsatdi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Kim Chen In harbiylarni jangovar holatda turishga chaqirdi