
Xabaringiz bor, Coca Cola Superliga 21-turidan o‘rin olgan bahsda “Navbahor” o‘z maydonida Samarqandning “Dinamo” klubini qabul qiladi. Mazkur o‘yindan oldin "lochinlar"ning rossiyalik hujumchisi Aleksandr Kasyan bo‘lajak uchrashuv borasida klub matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.
- Bo‘lajak o‘yinga tajribali murabbiy Andrey Antanasovich Kanchelskisning qo‘l ostida jiddiy tayyorgarlik ko‘ryapmiz hamda maydonga faqat g‘alaba ishtiyoqida tushamiz.
To‘g‘ri, 1 oktyabr kungi bahs jamoamiz uchun oson kechmaydi. Boisi, “Dinamo” klubi turnir jadvalining quyi pog‘onasida bormoqda hamda Superligada “jon saqlab qolish” uchun raqibimizga ochko suv va havodek zarur. Bundan tashqari, samarqandliklar Namanganga yangi bosh murabbiy boshchiligida tashrif buyurishadi va uning debyut o‘yinida o‘zlarining bor mahoratlarini namoyish etishga harakat qilishadi. Shuning uchun bo‘lajak bahsning keskin kurashlar ostida kechishi ehtimoli yuqori.
“Navbahor” 2-davrada muxlislar kutgan o‘yinni namoyish etolmayapti. Shuningdek, men ham anchadan buyon maydonni golsiz tark etyapman. Bo‘lajak o‘yinda ushbu noxush an’anaga chek qo‘yish, “Dinamo” darvozasiga to‘p kiritib, jamoamizning yutug‘iga munosib hissa qo‘shish uchun barcha imkoniyatimni ishga solaman.
Yodingizda bo‘lsa, birinchi davrada kechgan Samarqandda bo‘lib o‘tgan bahsda gol urib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘lgandim (Soca Cola Superliga 6-turidan o‘rin olgan o‘sha bahsda jangovar durang – 2:2 hisobi qayd etilgandi).
Namanganda “Dinamo” darvozasiga uradigan bu safargi golim esa “Navbahor”ga g‘alaba keltiradi, degan umiddaman.
Ishqibozlardan esa bizni bo‘lajak o‘yinda munosib qo‘llab-quvvatlashlarini tilab qolamn. “Navbahor” – “Dinamo” uchrashuviga tashrif buyurib, bizni 12-o‘yinchi sifatida qo‘llab-quvvatlang, aziz muxlislar! “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar