Ispaniya kubogi. «Barselona» chorak final taqdirini hal qildi

Ispaniya kubogi. «Barselona» chorak final taqdirini hal qildi
Ispaniya kubogi. «Barselona» chorak final taqdirini hal qildi

"Barselona" so‘nggi kunlarda o‘zi atrofida "bolalab" ketgan gap-so‘zlarga biroz bo‘lsa-da barham berish uchun "Elche" ustidan ishonchli g‘alaba qozonishi shart edi. Kataloniyaliklar buni uddalashdi.

Hujum chizig‘i o‘z ishini a’lo darajada bajardi. Neymar (2ta), Suares va Messi o‘z hisoblariga gol yozishdan tashqari, kerakli paytda assistentlik vazifasini ham yaxshi bajarishdi.

"Barselona" Ispaniya kubogi nimchorak finalining dastlabki o‘yinida 5:0 hisobida g‘alaba qozondi va amalda chorak final taqdirini hal qilib qo‘ydi. Chorak finalda ular "Real" - "Atletiko" juftligi g‘olibi bilan to‘qnash keladilar.

Ispaniya kubogi, nimchorak final, dastlabki o‘yin
"BARSELONA" – "ELChE" - 5:0
Gollar: 1:0 – 34 Neymar, 2:0 – 39 Suares, 3:0 – 45, penalti Messi, 4:0 – 55 Alba, 5:0 – 59 Neymar.
Barselona – ter Shtegen, Dani Alves, Bartra, Pike (Samper, 75), Alba (Adriano, 60), Roberto, Maskerano, Rakitich, Neymar (Pedro, 66), Suares, Messi.
Elche – Titon, Lomban, Albakar, Pelegrin, Sisma (Fragapane, 72), Suares, Fajr, Roko, Pashalich, Koro (Jonatas, 57), Errera (Niges, 63).
Ogohlantirishlar: Suares (42), Roko (44), Pelegrin (77).

Manba va foto: www.stadion.uz
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Nodirbek Razzokov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar

Ispaniya kubogi. «Barselona» chorak final taqdirini hal qildi – Zamin.uz, 09.01.2015