
Oʻzbekiston milliy jamoasining Yaman va Singapurga qarshi oʻyinlar uchun kengaytirilgan tarkibi aniq boʻldi. Unda bir qator yangi nomlarni uchratish mumkin. Masalan, “Nasaf” sardori Umar Eshmurodov faoliyatida ilk marta milliy jamoadan taklif oldi.
Abramov “Bunyodkor”da oʻynayotgan shogirdlaridan 4 nafarini ham milliy jamoaga chaqirdi. Lutfullo Toʻrayev 4 yillik tanaffusdan soʻng yana bosh jamoaga qaytgan boʻlsa, Dilshod Ahmadaliyev va Abdumavlon Abdujalilovlar uchun milliy jamoa eshiklari ilk marta ochildi.
Tarkibda shuningdek “Metallurg” sardori Akbar Ismatullayevni ham uchratish mumkin. Shuningdek, Jamshid Iskanderov ham uzoq muddatdan soʻng yana bosh jamoaga chaqirildi. Demak Yaman va Singapurga qarshi oʻynashi mumkin boʻlgan kengaytirilgan tarkib quyidagicha koʻrinish oldi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar