
Xabaringiz bor MMA yo‘nalishida bir qator qizlarimiz ham o‘z faoliyatini olib bormoqda. Ular orasida eng mashhuri shubhasiz Lilya Shakirova desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Ushbu hamyurtimiz 6 oktyabr kuni Rossiyaning Samara shahrida GFC promoushenining yengil vazn toifasidagi chempionlik kamari uchun oktagonga chiqadi.
U ekvadorlik Germaniya Laskano bilan ushbu titul uchun jang olib boradi. Liliya ushbu promoushen tarkibida ikkita jang o‘tkazib ularda ajoyib g‘alabani qo‘lga kiritgan. Umuman olib qaraganda MMA yo‘nalishida 7 bora oktagonga ko‘tarilgan. Ularning 6 tasida g‘alaba qozongan bo‘lsa, bir bora mag‘lubiyatga uchragan.
Yana bir ahamiyatga molik tarafi Liliya yaqin vaqtlar davomida UFC bilan shartnoma tuzishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz: Ushbu yurtdoshimiz BUKA GYM klubida mashg‘ulotlar olib boradi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing