Robert Uittaker: "Xabibni hech kim to‘xta olmaydi"

Robert Uittaker: "Xabibni hech kim to‘xta olmaydi"
O‘rta vaznda UFC chempioni Robert Uittaker yengil vazn toifasidagi chempion Xabib Nurmagomedov haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Men Habibning ashaddiy muxlisiman. Halol va ajoyib kurashchi. U aqlbovar qilmaydigan harakatlar qiladi. Uning mahoratiga gap-so‘z bo‘lishi mumkin emas. Ha, men uning muxlisiman.
Uning menga eng yoqadigan jihati shundaki, u to‘g‘riso‘zli inson va shunday harakterga ega. U meni doim hayratlantiradi. Shuning uchun hurmat qilaman. U har doim o‘ylaganini gapiradi.
Hamma uni qafasda nima qilishni biladi. Ammo Xabibni xech kim to‘xtata olmaydi. Menimcha, bu juda ajoyib
”,-dedi Uittaker.

Eslatib o‘tamiz: Bizning vaqt bilan erta tongda Melburnda UFC 243 turniri doirasida Uittaker Isroil Adesanyaga qarshi jang qiladi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar