Foto: championat.asia
O‘zbekiston terma jamoasi va "Rostov" klubi hujumchisi Eldor Shomurodovga Bundesliga klublaridan takliflar bo‘layotgani haqida manbalarimiz xabar bermoqda.
O‘zbekiston terma jamoasi ixtiyoriga bugun yetib kelgan Eldor Shomurodov saytimizga intervyu berdi va qator savollarga javob izlashga urinib ko‘rdik.
Xususan "Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov unga bo‘layotgan qiziqish va takliflar haqidagi savolga ham javob berdi.
"Ochig‘i, Germaniyaning Bundesliga jamoasidan qiziqish bo‘layotgani haqida eshitdim. Aynan qaysi klub ekanligini bilmayman.
Ayni paytda barcha diqqat e’tiborim faqat va faqat "Rostov"ga qaratilgan. Chempionat yakuniga qadar boshqa taklif yoki qiziqishlarga chalg‘imoqchi emasman.
"Shalke" yoki "Manchester Yunayted"? To‘g‘risi, tanlash kerak bo‘lsa, MYuga o‘tmasdan Bundesligaga borardim. Chunki hali o‘zimni katta jamoa darajasiga chiqdim, deya o‘ylamayman. Bunday jamoaga tayyor holatda o‘tish lozim. Yuqori saviyaga chiqish uchun vaqt talab etiladi. "Manchester Yunayted" ham yaxshi. Lekin Bundesligada o‘ynashni afzal ko‘rardim", - dedi Shomurodov. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Ruslanbek Jiyanov: "Yaponiya terma jamoasi bilan ikki yil avval ham to‘qnash kelganmiz"
Tbilisidagi namoyishlar: politsiya qalampir gazidan foydalandi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Navoiyda avtomashinasiga sirena o‘rnatib harakatlangan haydovchiga chora ko‘rildi
Samarqandda YPX xodimi haydovchidan pora so‘radi: “Uch kishiga tushlik olib keling”
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti