JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Yaman uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida Vadim Abramov qatnashdi.
"Muxlislarni va jurnalistlarni tabriklamoqchiman. Juda qiyin vaziyatda edik, futbolchilarga alohida rahmat. Barcha buni tushunib turgandi. Tezkor gol urdik va o‘yinni nazorat qildik. Shunday davom etishini istaymiz", - deydi Abramov.
- G‘alaba bilan tabriklaymiz, ammo negadir kayfiyatingiz yaxshi emasdek...
- Men shunday yoshdamanki...Bu shunchaki 3 ochko va hali oldinda uzoq yo‘l turibdi. Hali ko‘p muammolarimiz borligini ko‘rib turibman.
- Bugungi natijani aldamchi desak bo‘ladimi?
- Yo‘q, natija o‘yinga mos bo‘ldi. Raqib boshqa saviyadagi jamoa hisoblanadi.
- Sanjar Qodirqulov dastlab OTJ yig‘inida edi, keyinroq milliy terma jamoaga chaqirdingiz. Nega aynan Qodirqulov.
- U "Bunyodkor"da meni qo‘l ostimda o‘ynaydi, uning imkoniyatlarini bilaman. OTJ bilan bahsda qanday o‘ynashini kutdim va keyin uni milliy termaga chaqirdim. Agar bugun uning o‘yini chiqmaganida menga qanday tanqidlar bo‘lishini tushunib turibman. Masalan, Lutfulla To‘rayev bugun o‘ynaganida hech ham yomon o‘ynamasdi, ammo kuchli tanqidlar bo‘ldi va ruhiy holatini o‘ylab uni klubga qo‘yib yuborishga qaror qildim.
- Bugun markazdan deyarli hujum bo‘lmadi...
- Yaman ko‘pchilik bo‘lib himoyalandi va bunday himoyani yorib o‘tish uchun qanotlardan foydalanish kerak.
- Vitaliy Denisov keyingi rejalaringizdan o‘rin olganmi?
- Uning imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. Ammo hozir o‘z klubida deyarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayapti. Maydonga tushishni boshlashi bilan uni kuzatamiz va balki termaga chaqiramiz. Qaysi futbolchida O‘zbekiston pasporti bo‘lsa ishoning uni termaga chaqirishimiz mumkin.
Narzulla Saydullayev yozib oldi
Manba: championat.asia “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi