Saudiyach Arabistoni terma jamoasi JCh-2022 saralash bosqichidan o‘rin olgan navbatdagi bahsni yirik hisobda yakunladi.
Burayda shahrida bo‘lib o‘tgan Saudiya Arabistoni - Singapur uchrashuvi maydon egalarining 3:0 hisobidagi g‘alabasi bilan yakun topdi. O‘yindan keyin saudiyaliklar bosh murabbiyi Erve Renar shunday dedi:
- "Men chiroyli o‘yin uchun futbolchilarga rahmat aytaman. Shuningdek, muxlislarga ham alohida tashakkur, chunki jamoamizning yirik hisobda zafar quchishiga muxlislar ham o‘z hissalarini qo‘shishdi. Biz bir qator vaziyatlardan foydalana olmadik, yo‘qsa hisob yanada yirik bo‘lardi. Muhimi, uch ochko qo‘lga kiritildi va keyingi bahsga ko‘tarinki kayfiyatda tayyorlanamiz".
- "Avvalgi tur Yaman bilan bahsda ba’zi rejalar o‘xshamagandi, lekin Singapurga qarshi jamoa juda yaxshi harakat qildi. Biz bundan keyin imkon qadar gol o‘tkazmaslikka harakat qilamiz. Chunki futbol faqat gol urishdan iborat emas, himoyani ham o‘ylash kerak".
Yaxshi bilasiz, Saudiya Arabistoni O‘zbekiston milliy terma jamoasi bilan bitta guruhda joy olgan. Bu jamoa navbatdagi turni 15 oktyabr kuni safarda Falastinga qarshi o‘tkazadi. O‘zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvi 14 noyabr kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi