
Foto: RT
Amerikalik aktyor Stiven Sigal Moskvada bo‘lib o‘tayotgan aykido bo‘yicha xalqaro festivalda qatnashmoqda. Aktyor RT muxbirining Habib Nurmagomedov haqidagi savollariga javob berdi.
Hollivud yulduzi jurnalistning Nurmagomedov ayni damda jahonning eng kuchli MMA jangchisimi deb bergan savoliga «Yo‘q» deya javob qaytardi. Shuningdek unga ustozlik qilishga haqli emasligini ta’kidladi.
«Men unga maslahat berishga haqli emasman. U kuchli jangchi va kurashda tengsiz. Biroq u mening o‘quvchim emas. Agar shogirdim bo‘lganida unga maslahat berardim. U bilan hatto uchrashmaganman. Biroq o‘ylashimcha, u buyuk sportchi», — deydi Sigal. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar