07:07 / 15.10.2019
2 621

Lyubinko Drulovich: Janubiy Koreya bilan o‘yinlar biz uchun foydali bo‘ldi

Lyubinko Drulovich: Janubiy Koreya bilan o‘yinlar biz uchun foydali bo‘ldi
Janubiy Koreyada yig‘in tashkil etgan O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi bugun koreyalik tengqurlariga qarshi ikkinchi o‘rtoqlik o‘yinini o‘tkazdi. Qiziqarli ko‘rinish olgan bellashuv yakunida vakillarimiz 2:1 hisobida g‘alaba qozonishdi.

O‘yindan keyin o‘tkazilgan matbuot anjumanida terma jamoamiz ustozi Lyubinko Drulovich quyidagicha fikr bildirib o‘tdi:

- Biz bir hafta davomida Koreyada yig‘in o‘tkazdik va ushbu yurt olimpiya terma jamoasi bilan 2 ta o‘rtoqlik o‘yinida maydonga tushdik. Har ikki o‘yin ham biz uchun juda ham foydali bo‘ldi, deb o‘ylayman. Zero Janubiy Koreya olimpiya terma jamoasi qit’adagi yetakchilardan biri sanaladi. Bunday raqib bilan o‘yinda bizda qaysi chiziqlarda kamchilik bor ekanini ko‘rib olish mumkin.

Bevosita bugungi o‘yin haqida to‘xtaladigan bo‘lsam, birinchi bo‘limni biroz bo‘sh o‘tkazdik. Kam qulay vaziyatlar yuzaga keldi va qolaversa, ko‘plab vaziyatlarda kutilmagan xatolarga yo‘l qo‘yildi. Lekin ikkinchi bo‘limni ancha ishonchli tarzda o‘tkaza oldik. To‘p nazoratini qo‘lga olib, raqibni bosim ostida ushlashga intildik. Yaratilgan vaziyatlardan unumli foydalanishda ham faol harakat qildik. Yakunda esa o‘yinni foydamizga hal etishning uddasidan chiqdik.

Hali oldinda Osiyo chempionatiga qadar 3 oy vaqt mavjud. Kelasi oylarda ham yig‘in hamda o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazamiz. Qit’a birinchiligiga yuqori darajada tayyorgarlik olib borishga urinamiz, - deya o‘z fikrlarini bildirdi tajribali mutaxassis.

O‘FA matbuot xizmati

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Lyubinko Drulovich: Janubiy Koreya bilan o‘yinlar biz uchun foydali bo‘ldi