
Oʻzbekiston davlat xavfsizlik xizmati oʻrinbosari Otabek Umarov oʻzining “Instagram” sahifasida Nurmagomedovning tashrif buyurishi, Oʻzbekistondagi birinchi marotaba MMA turniri tashkil etilishi borasida izoh qoldirdi.
"Hurmatli doʻstlar! ⠀
Menga MMA sport turi haqida juda koʻp yozishadi. Insonda gʻalabaga boʻlgan ishtiyoq va ishonchni oshiradigan hamda turli yoʻnalishlardagi sportchilarni birlashtiruvchi ushbu sport turini rivojlantirish haqida takliflar berishadi.⠀
Bu yoʻnalishda ancha ishlarni amalga oshirdik. Buning samaralaridan biri sifatida tez kunlarda oʻtkazilishi kutilayotgan GFC turnirini misol qilishimiz mumkin. Bu Oʻzbekistonda MMA boʻyicha birinchi turnirdir. ⠀
Shou doirasida Oʻzbekistondan yetti nafar, Nurmagomedov zalidan esa olti nafar sportchilar chiqish qiladi. Hamda ushbu turnir doirasida 23-noyabr kuni taniqli sportchi Habib bilan uchrashuv tashkil etayotganimizni maʼlum qilamiz. Uni yuqori darajada tashkil etish uchun imkon qadar harakat qilamiz,“ - deb yozdi Otabek Umarov oʻzining ”Instagram" sahifasida. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar