«Atletiko» prezidenti: Agar «Real» g‘alaba qozonganda...


«Atletiko» prezidenti Enrike Sereso Ispaniya kubogi 1/8 finalida «Real» ustidan qozoilgan g‘alabadan so‘ng (2:0) o‘z futbolchilarini himoya qilib chiqdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz.
Agar «Real» 2:0 hisobida g‘alaba qozongan bo‘lganida, Marselo «Atletiko»ni kurashga chanqoq va Yevropada eng kuchli jamoalardan biri bo‘lgan ajoyib jamoa deb tariflagan bo‘lar edi.
Xames Rodriges esa, «Atletiko»ni yengish juda qiyin bo‘lganini, chunki bu jamoa hech kimga o‘xshamay kurashishini ta’kidlagan bo‘lar edi. Qo‘shimchasiga, «Real» qiynalib g‘alaba qozonganini aytar edi.
Serxio Ramos esa, Primera - juda kuchli chempionat ekanligi, unga bu yerda o‘ynash yoqishini mamnuniyat bilan ta’kidlagan bo‘lar edi, - deydi Sereso.
Foto: Stadion.uz































Izohlar 0
…