date

Mirjalol Qosimov: «Shogirdlarimning kuchiga ishonaman»

Mirjalol Qosimov: «Shogirdlarimning kuchiga ishonaman»

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Mirjalol Qosimov bugun o‘yinoldi matbuot anjumanida ishtirok etdi, deb xabar bermoqda Stadion.uz. Eslatib o‘tamiz, terma jamoamiz erta KXDRga qarshi maydonga tushadi.

"Biz ushbu musobaqaga uzoq vaqt davomida tayyorgarlik ko‘rdik. Birinchi o‘yin hamisha qiyin bo‘ladi. Boz ustiga, KXDR kabi jamoalarga qarshi o‘yin ikki karra qiyin bo‘ladi. Bu jamoa ikkinchi raqam ostida o‘ynab, raqini qarshi hujumda ushlashga harakat qiladi.

Shimoliy Koreyaning yopiq o‘yiniga tayyor bo‘lishimiz kerak. Ular haqida etarlicha ma’lumotga egamiz. Raqibning kuchiga qaramasdan, men o‘z shogirdlarimga ishonaman. Biz KXDRni mag‘lub eta olamiz.

Terma jamoamiz haqida gapiradigan bo‘lsam, tarkibda tajribali va yosh futbolchilar jam bo‘lishgan. Tajriba va iqtidor kerakli natijaga erishish uchun bizga yordam beradi, deb o‘ylayman.

Ha, to‘rt yil avval biz yarim finalgacha etib borgandik, lekin endi u tarix. Albatta, biz musobaqada muvaffaqiyatga erishishni istaymiz. Oldimizga yuqori vazifalar qo‘yilgan. Murabbiylar shtabi va O‘zbekiston terma jamoasi futbolchilari maqsadga erishish uchun qo‘ldan kelgan barcha ishni qiladi", - deydi Mirjalol Qosimov.

Foto: Stadion.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Sport » Mirjalol Qosimov: «Shogirdlarimning kuchiga ishonaman»