
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov RPLdagi to‘purarlik va jamoa bosh murabbiyi Valeriy Karpin borasida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- RPLda to‘purarlik borasida yetakchilik qilmoqdasiz. Bu borada eng asosiy raqobatdoshingizni kim deb hisoblaysiz?
- Albatta kuzatyapman. O‘ylashimcha bu borada Sobolev raqobatdoshlik qilsa kerak.
- O‘zingizni RPLning yulduzi sifatida his qilyapsizmi?
- Yo‘q, aslo bunday deb o‘ylamadim.
- Futbolchilar yulduzlik kasalligiga uchramasligi uchun Karpin qanday ish ko‘radi?
- U gohida sen yulduzsan, deb turadi. Albatta, buni hazilomuz tarzda aytadi. Umuman olganda, murabbiyimiz biz bilan ko‘p muloqot qiladi. Karpin futbolchilarga nima deyish kerakligini doim biladi. Shu bilan birga, u hech qachon futbolchilarga bosim o‘tkazmaydi va o‘zimizga bo‘lgan ishonchni oshiradi," - dedi Shomurodov. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar