18:35 / 18.10.2019
2 662

Xamidjon Aktamov: Superligada qolish uchun kurash qizg‘in tarzda bormoqda

Xamidjon Aktamov: Superligada qolish uchun kurash qizg‘in tarzda bormoqda
O‘zbekiston Superligasi 22-turidan o‘rin olgan "Qo‘qon-1912" hamda "Qizilqum" jamoalari o‘rtasidagi o‘yindan so‘ng navoiyliklar ustozi Hamidjon Aktamov bellashuv borasidagi o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

"Bugun biz uchun muhim bahs edi. Chempionlik uchun kurashdan ko‘ra superligada qolish uchun bo‘ladigan o‘yinlar qiziqarliroq kechmoqda. Biz xavfli zonadamiz. Har bir ochkoning qiymati baland. Bugun yutmaganimizda ahvolimiz ancha og‘irlashardi. “Qo‘qon-1912” jamoasi ham bugun yaxshi o‘yin ko‘rsatdi. Bizga omad kelganini ham ta’kidlash joiz.

Hozirgi holatda g‘alaba bizga suv va havodek zarur edi. Shogirdlarim ishonchimizni oqlashdi. Viloyatimiz rahbarlari ham bizga ruhiy tomondan dalda bo‘lishdi. O‘yindan oldin rahbariyat menga g‘alaba qozonishni vazifa qilib qo‘ygan edi.

Hozir qaysi jamoada Superligada qolish uchun imkoniyat ko‘proqligini bilmayman. Hamma jamoalarda imkoniyat bor, shuning uchun har bir uchrashuv biz uchun muhim hisoblanadi", - deb Aktamovning so‘zlarini keltirib o‘tdi "Qo‘qon-1912" matbuot xizmati.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Xamidjon Aktamov: Superligada qolish uchun kurash qizg‘in tarzda bormoqda