09:12 / 21.10.2019
4 012

Fransiyaning "Nant" klubi Rashidov uchun qancha pul to‘lamoqchi bo‘lganini bilasizmi?

Fransiyaning "Nant" klubi Rashidov uchun qancha pul to‘lamoqchi bo‘lganini bilasizmi?
Ayni paytda Qatarda «Qatar SK» jamoasi sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Sardor Rashidov bilan bog‘liq har qanday xabar yoki ma’lumotni imkon qadar yoritib borishga harakat qilyapmiz. Chunki katta iqtidor egasi hisoblangan Rashidovning nimalarga qodirligini yaxshi bilamiz va shu sababli uning Qatardagi faoliyatini ham diqqat bilan kuzatib bormoqdamiz.

Sardor haqida gap ketganda, avvalo shuni aytish joizki, unga hamma vaqt takliflar yetarli darajada bo‘lgan va ayniqsa, ularning orasida Yevropaning kuchli beshlik chempionatidagi klublar tomonidan ham jiddiy qiziqishlar mavjud edi. Ammo ayni chog‘da u o‘zini Qatarda juda yaxshi his etmoqda.

Shunga qaramasdan, hamyurtimizga Yevropa klublari tomonidan bo‘lgan qiziqishlar haqida bejizga aytayotganimiz yo‘q. Gap shundaki, o‘z vaqtida Fransiyaning «Nant» klubi Sardor Rashidovga ko‘z tikayotgani borasida xabarlar tarqalgandi va bu aslida ham haqiqat edi. Chindan ham «Nant» o‘zbekistonlik futbolchiga qattiq qiziqib qolgandi.

Biz buni nega esga olyapmiz? Gap shundaki, «Nant» klubi tomonidan Rashidovga to‘lanadigan summaning miqdori bo‘yicha yuborilgan aniq taklif haqidagi ma’lumotga ega bo‘ldik.

Unga ko‘ra Fransiya jamoasi Rashidovga rasmiy ravishda taklif yuborgan holda uni qo‘lga kiritish uchun 800.000 (sakkiz yuz ming) YeVRO miqdoridagi mablag‘dan voz kechishga tayyor bo‘lgan. Bu futbolchimiz uchun har tomonlama «konkret» to‘lanadigan mablag‘ edi.

Ko‘rib turganingizdek, Rashidov yevropaliklarning xushini «o‘g‘irlagan» va ularning jiddiy qiziqishlariga sabab bo‘la olgan. Lekin yuqorida ta’kidlab o‘tganimizdek, Sardor va oilasi uchun Qatar har jihatdan qulay bo‘lib turibdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Fransiyaning "Nant" klubi Rashidov uchun qancha pul to‘lamoqchi bo‘lganini bilasizmi?