Rossiya terma jamoasi bosh murabbiyi Stanislav Cherchesov muxlislardan biri unga qo‘ng‘iroq qilib Eldor Shomurodovni terma jamoaga chaqirishni so‘ragani haqida aytdi.
“Menga qaysidir muxlis qo‘ng‘iroq qilib uzoq gapirdi va jarohat olgan Smolov o‘rniga terma jamoaga Shomurodovni chaqirishim kerakligini aytdi.
Men uning gaplarini eshitgach shunday dedim: Siz haqsiz, u juda iqtidorli futbolchi, biroq men O‘zbekiston terma jamoasi futbolchisini chaqira olmayman”. U jim bo‘lib qoldi. Afsuski, bu holatda uning yuzi qanday ko‘rinishga kelganini ko‘ra olmadim”, - deydi Cherchesov.
Eslatib o‘tamiz, “Rostov” klubida to‘p surayotgan hamyurtimiz Eldor Shomurodov ayni damda RPL to‘purarlar poygasida peshqadamlik qilmoqda. Eldor 2015 yildan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Turkiya Isroil prezidenti samolyotini havo hududiga kiritmadi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi