
"Rostov" hujumchisi Eldor Shomurodov hozircha klubdan ketish niyati yo‘qligini aytdi.
- Mening maqsadlarim? Yevropaning Top-5 chempionatlarida o‘ynashni orzu qilaman. Men bunga intilaman, ammo hozir "Rostov"da men uchun hammasi yaxshi va hali klubdan ketish haqida o‘ylamayapman.
Ko‘pchilik qishda ketishimni kutmoqda. Orzu yo‘q emas, ammo buni keyinroq klub rahbariyati bilan muhokama qilish kerak. Hozir esa jamoada o‘zimni yaxshi his qilmoqdaman, - deydi Shomurodov.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston milliy terma jamoasi forvardi joriy mavsum "Rostov" safida RPLda 14ta o‘yinda maydonga tushib, 10ta gol va 2ta assistga erishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar