
Foto: «Google.com»
«Rostov» hujumchisi Eldor Shomurodov «Rossiya 24» kanali uchun bergan intervyusida shaxsiy hislatlari haqida savolga javob berdi.
— To‘purar hujumchilar odatda manmanroq bo‘ladi. Masalan, Dzyuba, Kerjakov va Arshavinlar shunaqa, ular o‘z hududlarini darhol belgilab olishadi. Nima uchun siz bunchalik kamtarsiz?
— Bu tabiatimdan bo‘lsa kerak. Manmanlik ham ba’zan kerak. Kamtarligim pand berib qo‘ygan vaqtlar ham bo‘lgan. Ammo nima qilay, hammaning ham o‘ziga yarasha tabiati bor.
— Eldor Shomurodov nimalar haqida o‘ylamoqda? Maqsadingiz nima?
— Ko‘p intervyularda aytganimdek Yevropada o‘ynash niyatim bor. Ko‘pchilik qishda ketishim mumkinligini aytmoqda. Ammo hozir «Rostov»da hamma ishlarim joyida. Kuchli beshlikda o‘ynash niyatim bor, ammo buni klub rahbariyati bilan muhokama qilamiz. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar