"Buxoro" murabbiyi: Bizni o‘z uyimizda "o‘ldirishdi"... Shikoyat arizasi yozamiz

"Buxoro" jamoasi bosh murabbiyi Muhsin Muhammadiyevning "Qo‘qon 1912"ga qarshi uchrashuvidan keyin o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
- O‘yin haqida hech nima deya olmayman! Juda asabiy holatdaman, bizni o‘z uyimizda "o‘ldirishdi"! Bu holatni ko‘rib chiqish kerak...
Buxoro davlat universiteti rektoriga "Salom" yo‘llayman. Ular uchun O‘zbekiston chempionati, Buxoroning obro‘yidan ko‘ra, universitet o‘yinlari muhimroq ekan, ajoyib! Buni ko‘rib chiqish kerak, bunday qilish mumkin emas. Jamoa bilan shartnomasi bor futbolchi qanday qilib universitet jamoasida ham o‘ynashi kerak, mana sizga natija, unda universitet rektorining o‘zi kelib murabbiylik qilsin meni o‘rnimga.
Biz buni ko‘rib chiqamiz va shikoyat arizasi yozamiz, bu sharmandalikdan boshqa narsa emas. Bo‘ldi boshqa hech nimani izohlamayman, - dedi murabbiy.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!- O‘yin haqida hech nima deya olmayman! Juda asabiy holatdaman, bizni o‘z uyimizda "o‘ldirishdi"! Bu holatni ko‘rib chiqish kerak...
Buxoro davlat universiteti rektoriga "Salom" yo‘llayman. Ular uchun O‘zbekiston chempionati, Buxoroning obro‘yidan ko‘ra, universitet o‘yinlari muhimroq ekan, ajoyib! Buni ko‘rib chiqish kerak, bunday qilish mumkin emas. Jamoa bilan shartnomasi bor futbolchi qanday qilib universitet jamoasida ham o‘ynashi kerak, mana sizga natija, unda universitet rektorining o‘zi kelib murabbiylik qilsin meni o‘rnimga.
Biz buni ko‘rib chiqamiz va shikoyat arizasi yozamiz, bu sharmandalikdan boshqa narsa emas. Bo‘ldi boshqa hech nimani izohlamayman, - dedi murabbiy.
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling































Izohlar 0
…