FIFA kunlari munosabati bilan milliy jamoamiz qatorida olimpiya terma jamoasi ham navbatdagi yig‘inga kirishishdi.
Poytaxtimizdagi TTYMI o‘yingohida olib borilgan mashg‘ulotlar yakunlangach jamoa sardori Islom Qobilovga o‘zimizni qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildik.
- Bugundan boshlangan galdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘ini haqida ikki og‘iz fikr bildirsangiz...
- Mana bugundan Olimpiada yo‘llanmasini taqdim etuvchi Osiyo chempionatiga hozirlikni boshlab oldik. Kayfiyatlar a’lo. Barcha yaxshi holatda. Umuman olib aytganda hammasi joyida. Reja asosida mashg‘ulotlarni o‘tkazyapmiz.
- Chiziqlar orasidagi raqobat qanday? Bilamizki avvalgi musobaqada eng kuchli nuqtamiz markaz bo‘lgandi...
- Albatta. Markazda raqobat o‘ta kuchli. Bir-biriga munosib, kuchli o‘yin namoyish etayotgan futbolchilar chaqirilgan deb o‘ylayman. Qolaversa sog‘lom raqobat muhiti aslo zararga ishlamaydi.
- Qur’adagi raqiblar to‘g‘risida nima deya olasiz? Qizig‘i biz bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushgan termalar guruhimizdan joy oldi.
- Oldimizda mas’uliyatli vazifa turibdi. Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanmaga ega chiqish maqsadimiz ekan, har bir jamoani mag‘lubiyatga uchratishimiz shart. Albatta, to‘g‘ri munosabatda bo‘lgan holda. Oldingi Osiyo chempionatida Janubiy Koreya va Yaponiyani yirik hisobda yenggan edik. Endigi safar ham bunga yana bir bor urinib ko‘ramiz.
- Eron olimpiya terma jamoasida bosh murabbiy o‘zgardi. Bu ularning uslubiga va o‘yiniga ta’siri o‘tkazadimi?
- Ha, bo‘lmasamchi! Har bir murabbiyning uslubi, falsafasi bo‘ladi. Shundan kelib chiqib jamoaga o‘zgartirish kiritadi.
Abdulaziz suhbatlashdi
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?