Pep Gvardiola: "Liverpul" – ayni paytda dunyoning eng kuchli jamoasi

Pep Gvardiola: "Liverpul" – ayni paytda dunyoning eng kuchli jamoasi
"Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Pep Gvardiola Angliya chempionati doirasida "Liverpul"ga qarshi o‘yin oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Ayni paytda "Liverpul" – dunyoning eng kuchli jamoasi. Bizni 90 daqiqa o‘yin kutmoqda va rejaga ko‘ra harakat qilamiz.

- Klopp haqida nima deysiz?
- U bu ishlarni "Borussiya"da amalga oshirdi va uning bu yerdagi ta’siri naqadar buyukligini ko‘rsak bo‘ladi.
Klopp jamoani qabul qilib olganida, ular sovringa da’vogar emas edi, 3-4 yildan keyin u kuchli jamoa qurishga erishdi.

- Agarda "Man Siti" mag‘lubiyatga uchrasa, sovrin uchun poyga o‘z yakuniga yetadimi?
- Men bilmayman, oldinda ko‘plab o‘yinlar bor, biz yakshanba kuni va barcha o‘yinlarda oxirgacha kurashmoqchimiz, - deydi Gvardiola.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Shuhrat Razzakov
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar