Ayni paytda O‘zbekiston milliy terma jamoasi poytaxtimizda yig‘in o‘tkazmoqda.
«Qirg‘iziston bilan o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvidan so‘ng terma jamoa ixtiyorini bir necha futbolchi tark etdi.
Sharof Muhiddinov va Abrorbek Ismoilov Olimpiya terma jamoasi bilan birga BAAga xalqaro turnirga yo‘l olishdi. Shuningdek, sal avval Aziz G‘aniyev ham olimpiyachilar safiga borib qo‘shilgan edi.
Akbar Ismatullayev, Sardor Mirzayev, Sanjar Shoahmedov va Xumoyun Murtazoyevlar esa o‘z klublariga yo‘l olishdi. Ularga terma jamoa murabbiylar shtabi tomonidan ushbu yig‘in davomidagi mehnati va jamoa tayyorgarligiga qo‘shgan hissasi uchun minnatdorchilik bildirib o‘tildi. Ushbu futbolchilar terma jamoaga nomzod sifatida murabbiylarning doimiy kuzatuvida bo‘lishadi», deya xabar beradi O‘FA matbuot xizmati. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Xatolar va mag‘lubiyatlar... ular kechiriladimi?
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?