
Xabaringiz bor, ertaga O’zbekiston - Saudiya Arabistoni uchrashuvidan oldingi rasmiy tadbirlar bo’lib o’tadi.
Demak, O’zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirokidagi matbuot anjumani “Paxtakor” stadionida soat 15:30 da boshlanadi. Rasmiy mashg’ulot esa 16:00 da start oladi va 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o’tadi.
Mehmonlarning rasmiy tadbirlari o’zgarishsiz qoldi. 16:30da Saudiya Arabistoni terma jamoasi murabbiyi ishtirokida matbuot anjumani tashkil etiladi. Soat 17:00da esa Saudiyalik futbolchilar “Paxtakor” stadionida mashg’ulot o’tkazadi. Mashg’ulot jarayonining dastlabki 15 daqiqasi OAV vakillari uchun ochiq tarzda o’tadi.
Manba: championat.asia
O'zbekiston Terma JamoasiSaudiya ArabistoniVadim AbramovPaxtakor StadionRasmiy TadbirlarMatbuot Anjumani O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar