Kecha O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionati ikkinchi saralash bosqichidan o‘rin olgan Saudiya Arabistoniga qarshi uchrashuvda alamli mag‘lubiyatni qabul qilib oldi. Ushbu bellashuvdan keyingi matbuot anjumani tugagach mehmonlar ustozi Vadim Abramovga "jamoang shunchaki daxshat!" degani haqida O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev telegramdagi o‘zining sahifasida ma’lum qildi.
Qolaversa, Davron Fayziyev o‘yin haqida quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi:
- Kecha yutqazdik. Buni qabul qilish va ayniqsa, tushunish qiyin bo‘lyapti. Chunki 94 daqiqa davomida ustunlik bilan o‘ynagan holda yutqazdik. Arablarning 3-golida jiddiy xato qildik. Qolgan vaziyatlar uchun jamoaga e’tiroz bildirib bo‘lmaydi. Pressing, kombinatsiyalar, yakkakurashlar, temp... bor edi, hammasi. Internetdagi fikrlar va stadionni tark etayotgan muxlislar gaplaridan ham shu xulosa tasdig‘ini topdi.
“Shunday o‘yinda qanaqasiga yutqazdik”, asosan shu mazmundagi fikrlar. Abramov bunga - emotsiyalar ustun kelib oxirgi daqiqalarda bitta to‘p farqi bilan yutayotgan joyimizda hujumga yugurish asosiy sabab, deb izoh berdi. To‘g‘ri, lekin vaqt o‘tib himoya tartibga kelib, xatolar kamaygach shu hujumkor uslub bilangina Koreya, Yaponiya, Eronga bas kelish mumkin. Keyingi bosqichda o‘ynasak asosiy vazifa shu tempni saqlab qolib, gol o‘tkazishni kamaytirish. Shuni hal qilishimiz kerak.
Erve Renar o‘yin tugagach bizning murabbiy yoniga alohida kelib “Jamoang shunchaki dahshat!”, deb ketdi. Nima bo‘lganda ham shu kuni jamoani qo‘llab-quvvatlagan, tribunalarni to‘ldirgan minglab va ekran qarshisidagi millionlab muxlislarga rahmat aytish kerak, afsuski bayram taqdim etolmadik. Birinchi davra tugadi, oldinda 4 ta uchrashuv. 4 kundan keyin Falastinni qabul qilamiz va agar yutsak guruhda birinchi o‘ringa qaytamiz, bahorgacha. Shunda Saudiya Arabistonini mehmonda yutish majburiyati qoladi. Boshqa yo‘l yo‘q. Ikkinchi o‘rin biz uchun variant emas, - dedi Davron Fayziyev. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)