Rossiyaning «Sovetskiy Sport» nashri moliyaviy inqirozni boshdan kechirayotgan «Rostov» a’zolari transferga qo‘yilgan taqdirda, futbolchilarning qaysi klublarga o‘tishini taxmin qildi.
«Eldor Shomurodov «Rostov» tarkibidagi eng talabgor futbolchi bo‘lib turibdi. Bu unga da’vogar bo‘lgan klublar uchun ham yaxshi imkoniyat. Sababi o‘zbekistonlik hujumchi avvalroq Yevropada to‘p surish istagini bildirgandi. Eldor uchinchi forvardga muhtoj «Zenit»ga ham, to‘purarni orzu qilayotgan «Lokomotiv»ga ham, hujumida muammosi bor «Spartak»ka ham ayni mos tushardi.
Xorijdan taklif tushmasa, Shomurodov uchun kurashda Rossiyada «Zenit» favoritga aylanadi. Sababi piterliklar transfer summasi masalasida raqobatchilaridan ko‘proq taklif eta olishadi. Bunday kim oshdi savdosi xaridor klubdan hattoki 5-7 million yevro undirish uchun yaxshi imkoniyatdir. Yevropadan esa ayni damda Shomurodov uchun hech qaysi klub 3 million yevrodan ortig‘ini taklif qilmaydi» - deya yoziladi nashrdagi maqolada.
Eslatib o‘tamiz, «Rostov» bosh murabbiyi Valeriy Karpin klubdagi moliyaviy qarzdorlik sababli, jamoa aksariyat futbolchilarini transferga qo‘yishi mumkinligini rad etmagandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Global ochlik va qashshoqlikka qarshi kurash alyansiga 82 mamlakat a’zo bo‘ldi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Tyumen oblastiga O‘zbekistondan mehnat migrantlari ishga jalb qilinadi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
O‘zi choy damlaydi va suhbatlashadi: dunyodagi birinchi “aqlli” choynak taqdim etildi (video)