09:25 / 17.11.2019
4 152

Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi faoliyatini nokaut bilan boshladi (foto, video)

Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi faoliyatini nokaut bilan boshladi (foto, video)
Ayni daqiqalarda Meksikaning Guanaxuato shtati ma’muriy markazi hisoblangan San-Migel-de-Alende shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda.
Biz uchun ahamiyatlisi, Plaza De Toros arenasida o‘tayotgan ushbu boks oqshomida hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov ringga ko‘tarildi. Hozirgina yakuniga yetgan jangda Rio-2016 Olimpiadasi chempioni meksikalik 19 yoshli bokschi Xesus Servantes Villanuevaga qarshi ringga chiqdi.

Hasanboy o‘zining prof boksdagi debyut jangi muddatidan avval chiroyli g‘alaba bilan yakunladi. Bokschimiz jangning ikkinchi raundida kuchli zarba evaziga raqibini nokautga uchratdi va debyutini muvaffaqiyatli nishonladi.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli Xesus bugun prof ringda 17-jangini o‘tkazdi va sakkizinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. U shu kungacha 9 ta jangda g‘alaba qozongan, shularning 5 tasi nokaut bilan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Hasanboy Do‘smatov professional boksdagi faoliyatini nokaut bilan boshladi (foto, video)