
Ayni daqiqalarda Meksikaning Guanaxuato shtati ma’muriy markazi hisoblangan San-Migel-de-Alende shahrida professional boks kechasi bo‘lib o‘tmoqda.
Biz uchun ahamiyatlisi, Plaza De Toros arenasida o‘tayotgan ushbu boks oqshomida hamyurtimiz Hasanboy Do‘smatov ringga ko‘tarildi. Hozirgina yakuniga yetgan jangda Rio-2016 Olimpiadasi chempioni meksikalik 19 yoshli bokschi Xesus Servantes Villanuevaga qarshi ringga chiqdi.

Hasanboy o‘zining prof boksdagi debyut jangi muddatidan avval chiroyli g‘alaba bilan yakunladi. Bokschimiz jangning ikkinchi raundida kuchli zarba evaziga raqibini nokautga uchratdi va debyutini muvaffaqiyatli nishonladi.

Ma’lumot uchun, 19 yoshli Xesus bugun prof ringda 17-jangini o‘tkazdi va sakkizinchi mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. U shu kungacha 9 ta jangda g‘alaba qozongan, shularning 5 tasi nokaut bilan edi.
Olympic champion Hasanboy Dusmatov made his professional debut in style.
— MMA India (@MMAIndiaShow) November 17, 2019
He KOed Jesus Cervantes ????????????#CanoOrtizpic.twitter.com/24xCrdufYT
Hasanboy Do‘smatovProfessional BoksG‘alaba BilanoqJang MuddatidanMeksika ShtatiXesus Servantes O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar