19:48 / 17.11.2019
2 647

Menni Pakyaoning qachon jang qilishi ma’lum bo‘ldi

Menni Pakyaoning qachon jang qilishi ma’lum bo‘ldi
WBA ning yarim o‘rta vazn chempioni Menni Pakyao o‘zining navbatdagi jangini kelasi yil mart-aprel oylarida, Filippindagi siyosiy faoliyatidan bo‘sh vaqtida o‘tkazishni rejalashtirmoqda. 40 yoshli Pakyao 2010 yilda mamlakat parlamentining quyi palatasiga deputat bo‘ldi, 2016 yilda esa senatorga aylangandi.

" Mart-aprel oylarida jang o‘tkaza olaman, chunki u vaqtda senatda tanaffus bo‘ladi", -dedi bokschi “Manila Bulletin”ga bergan intervyusida. Shuningdek, Pakyaoning keyingi jangi 11 aprel kuni bo‘lishi mumkinligiga ham sha’ma qilgan. Filippinlikning AQShlik maslahatchisi Al Xaymon hamda "Pakyao MP Promotions" rahbari Shon Gibbons ham jang bahorga rejalashtirilganligini tasdiqlashdi:

"U 2020 yilning birinchi choragida jang qiladi, ammo hozircha aniq sana belgilangan emas", -dedi Gibbons.

Ehtimoliy raqiblar, ikki vazn toifasida sobiq jahon chempioni Denni Garsiya va to‘rt vazn toifasida sobiq jahon chempioni Mayki Garsiya. “Pekmen”ning bosh murabbiyi Freddi Roach yaqinda Denni Garsiya bilan jangni afzal ko‘rishini aytgandi. Chunki yarim o‘rta vazn toifasida Mayki Garsiya faqatgina Errol Spencdan mag‘lubiyatga uchragan xolos.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Menni Pakyaoning qachon jang qilishi ma’lum bo‘ldi