
Argentina – Urugvay o‘rtoqlik o‘yinida Lionel Messi va Edinson Kavani o‘zaro janjallashishdi, deb xabar beradi Ole.
Manbaning xabariga ko‘ra, epizodlarning birida futbolchilar o‘rtasida janjal yuzaga keldi. Kavani Messini jangga taklif etdi, Leo esa «Xohlagan paytingda» deb javob berdi.
Janjalni jamoadoshlar to‘xtatib qo‘yishdi. Natijada o‘yin davom ettirildi.
What’s all this beef between Messi and Cavani? pic.twitter.com/I2sAFJMX4P
— Griezmann Chief (@Griezmannility) November 18, 2019
Tel-Avivdagi «Blumfild» o‘yingohida o‘tgan bahs 2:2 hisobida yakunlandi. Urugvay tarkibida Luis Suares va Edinson Kavani, Argentina safida esa Serio Aguero va Lionel Messi gol urishdi.
Eslatib o‘tamiz, Messi avvalroq Braziliya bosh murabbiyi Tite bilan ham mojaroga borgan edi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar