JCh-2022 saralashi doirasidagi O‘zbekiston - Falastin uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida Vadim Abramov ishtirok etdi.
"Barchani g‘alaba bilan tabriklayman. Menimcha o‘yin sizlarga zavq bag‘ishladi deb o‘ylayman. Yigitlar 5 kun oldingi mag‘lubiyatdan chiqib keta olishganidan xursandman. O‘yinni nazorat qildik", - deydi Vadim Abramov.
- 75-daqiqadan keyin futbolchilarga nima bo‘lmoqda?
- Gap shundaki to‘pni nazorat qilishimiz kerak. Ammo futbolchilar nazorat deganda raqib maydonida bo‘lishini tushunishmadi. Moskva ham tezda qurilmagan. Buning ustida ishlaymiz.
- Oleg Zoteyev va Odil Ahmedov haqida qanday fikrdasiz? Ahmedovni yana himoyada qamaymizmi?
- Ikkalasi ham yaxshi o‘ynadi. Agar himoyada yaxshi o‘ynayversa Ahmedov himoyada o‘ynaydi.
- To‘g‘ri bugun yutdik, ammo negadir maydon markazida to‘p uzatishda ko‘p xato qildik...
- To‘g‘ri aytdingiz. Albatta kamchiliklar bo‘ldi. Yigitlar hisobdan kelib chiqib o‘ynashdi.
- Bir vaqtlar siz safarda Yaponiyani yutgansiz. Albatta hali ancha vaqt bor, Saudiya Arabistonini safarda yuta olamizmi?
- O‘shanda men 1,5 yil ishlab qo‘ygandim. Bu davr ichida barchasi o‘zgarishi mumkin. Terma jamoa a’zolari klublardan kelishadi, o‘sha o‘yinga yaqin futbolchilar qanday formada bo‘lishini ko‘rish kerak. To‘g‘ri u yerda issiq bo‘ladi, ammo Saudiya Arabistoni terma jamoasi a’zolari ham "protivogaz" bilan o‘ynashmasa kerak.
- Terma jamoa katta tanaffusga chiqmoqda. Keyingi rejalar qanday?
- Mart oyida menimcha Qozog‘iston bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazish borasida kelishuvga erishganmiz. Shu o‘rinda Janubiy Koreya Braziliya bilan, Saudiya Arabistoni Paragvay bilan o‘ynamoqda. Biz ham shunday darajadagi jamoalarga qarshi o‘ynashni istardik. Qishda futbolchilarni yig‘inma yig‘in olib yurishni istamaymiz. Bundan tashqari "Paxtakor" va ikki klubimiz OChLda ishtirok etadi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
“Zenit” futbolchisi Fayzullayev haqida nimalar dedi?
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi