
Foto: Getty Images
«Tottenhem» bosh murabbiyi Maurisio Pochettino iste’foga chiqarildi. Bu haqda klub o‘z rasmiy saytida ma’lum qildi.
Pochettino «Tottenhem»ni 2014/2015 yilgi mavsumdan beri boshqarib kelayotgandi. Uning boshqaruvida jamoa o‘tgan mavsum Chempionlar Ligasi finaliga chiqqan va unda «Liverpul»ga yutqazib qo‘ygan edi (0:2). Argentinalik mutaxassis faoliyati davomida «Espanol», «Sauthempton» kabi jamoalarni ham boshqargan.
«Shporlar» ushbu mavsumni muvaffaqiyatsiz o‘tkazib, APLda 12-turdan so‘ng 14 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turishibdi. Jamoa 1-o‘rindagi «Liverpul»dan 20 ochkoga ortda qolib ketgan.
TottenhemPochettinoBosh MurabbiyChempionlar LigasiMuvaffaqiyatsiz MavsumO‘rinda Qolish O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar