Xabaringiz bor, "Tottenxem" Maurisio Pochettino iste’foga chiqarib, uning o‘rniga Joze Mourinoni taklif qildi.
O‘FA matbuot xizmati rahbari Davron Fayziyev telegramdagi o‘zining sahifasida ushbu voqelikka quyidagicha fikr bildirdi.
- Hayotda shunday tushunarsiz vaziyatlar bo‘lib turar ekan. "Tottenxem" Angliyada top-to‘rtlikdan tashqaridagi kuchli o‘rtamiyonadan top-oltilikning stabil a’zosigacha bo‘lgan yo‘lni Maurisio Pochettino bilan birga bosib o‘tdi. Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashuvchi pozitsiyasidan shu turnir finalchisi darajasiga yetdi. "Tottenxem" top-6 ichida byudjeti kamrog‘i, lekin to‘rtinchi o‘rindan pastga tushmasdi. Stadion qurilayotganda transferga mablag‘ ajratilmadi umuman. "Shporlar" yoqimli futbol namoyish etib kelishdi, ya’ni - biz kuchsizmiz, deb ikkinchi raqam bo‘lib o‘ynashni odat qilishmadi. Pochettino barqaror o‘sishga erishayotgandi.
Uni bo‘shatish fikri Levida qayerdan paydo bo‘ldi? Omadsiz startmi? Balki. Lekin, real olib qaraganda, bu mavsum "Liverpul" va "Manchester Siti"ga bas kelish qiyinligini hamma tushunyapti. "Tottenxem"ga Joze Mourino murabbiy bo‘ldi. Bundan hulosa - klub imkoniyatlari kengayadi. Pochettino bor imkoniyatdan maksimal foydalanardi. Mourino esa talabni katta qo‘yadi. Talabga yarasha titullar ham yuta oladi. TOP murabbiy! Maurisioga esa bir narsa yetishmadi - titul. Faqat bitta tomoni menga yoqmadi, og‘ir davrda jamoani tortgan Pochettinoga nisbatan yetarlicha hurmat ko‘rsatilmagani. Shuni hisobga olmasa, qolgani yaxshi.
Pochettino "Tottenxem"dan kam bo‘lmagan jamoada ishlasa kerak. Mourino joyiga keldi, qadriyatlar hali o‘yin uslubigacha ta’sir qiladigan darajada ildiz otmagan, yutuqlarga to‘ymagan klub. Yo‘nalishni o‘zi belgilaydi. Uchinchi tomon - klubning o‘zi. Uning foyda zararini esa vaqt ko‘rsatadi. Maur ketdi, Maur keldi, - deya yozib qoldirgan Davron Fayziyev. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Omega-3 qanday qilib ozishga yordam beradi?
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi