
Londonning “Chelsi” klubi xo‘jayini Roman Abramovich jamoani sotib yuborish borasidagi qarorini yana qayta o‘ylab ko‘rdi.
The Telegraph nashrining yozishicha 53 yoshli rossiyalik biznesmen dastlab “Chelsi”ni sotib yuborishga qaror qilgan edi. Biroq, 2 ta sabab tufayli u bu fikridan qaytdi.
Birinchidan, Abramovich o‘zini qanoatlantiradigan taklif olmagan. Ikkinchidan, jamoaning joriy mavsum ko‘rsatayotgan muvaffaqiyatli o‘yinidan ruhlanib ketgan.
Ma’lumot uchun, Abramovich “Chelsi”ni 2003 yilda sotib olgan edi. O‘tgan davr mobaynida jami 18 ta sovrinni qo‘lga kiritishdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar