
Boks bo‘yicha super og‘ir vazn vakillari Deontey Uaylder va Luis Ortis 23 noyabr, shanba kuni Las-Vegasda WBC kamari uchun ringa ko‘tarildi.
Jangning 7-raundida amerikalik bokschi texnik nokaut bilan g‘alabaga erishdi. Raund tugashiga o‘n soniya vaqt qolganda Ortis hujumga o‘tish vaqtida qarshi zarbani qabul qilib oldi va bu kubalik bokschining nokautga uchrashiga sabab bo‘ldi.
Deontay Wilder (-700) gets the KO on Ortiz in the 7th round.
— Barstool Bets (@barstoolbets) November 24, 2019
pic.twitter.com/vptBTbaUjS
Shu tariqa Uaylder o‘ninchi marta chempionlik kamarini himoya qilishga muvaffaq bo‘ldi.
Bu Uaylder uchun prof boksdagi 42-g‘alaba bo‘ldi (ularning 41 tasi nokaut bilan yakunlangan). Shuningdek, uning hisobida bitta durang ham bor. 40 yoshli Ortis esa faoliyatida ikkinchi marta mag‘lubiyatga uchradi. Qiziq tomoni kubalik bokschi ilk mag‘lubiyatni ham aynan Deonteydan qabul qilib olgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar