Coca Cola Superligasi 24-tur “Nasaf” – “Paxtakor” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida mezbonlar ustozi Ro‘ziqul Berdiyev bo‘lib o‘tgan uchrashuv haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
- Birinchi bo‘limda ozroq sust harakat qildik. Rejamiz bo‘yicha qarshi hujumlarda harakat qilishimiz kerak edi. Bir necha vaziyatlar ham yarata oldik, ammo ulardan foydalana bilmadik. Buning ustiga ketma-ket ikkita gol o‘tkazib yubordik.
- Ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘zgartirishga harakat qildik. Quvvatovning harakatlari qizil kartochkaga mos edi. Birinchi bo‘limdan farqli o‘laroq ikkinchi bo‘limda ko‘rsatgan o‘yinimiz muxlislarga manzur bo‘ldi deb o‘ylayman. Chempion jamoani ham shoshirib qo‘ydik.
Lekin raqibimiz salohiyati va mahorati jihatidan bizdan ustun. Shuning uchun ular bugun g‘alabaga erishishdi. Chempion jamoaga qarshi munosib o‘ynashga harakat qildik. Buning uchun futbolchilarga va bizni qo‘llab-quvvatlab turgan muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
Bekxem Ronalduni “Inter Mayami”ga olib kelish bo‘yicha ish boshladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi