00:17 / 25.11.2019
2 845

Keyingi yil "Navbahor"ga yangi murabbiy keladi? Andrey Kanchelskis munosabat bildirdi

Keyingi yil "Navbahor"ga yangi murabbiy keladi? Andrey Kanchelskis munosabat bildirdi
Superliganing 24-turidan o‘rin olgan "Bunyodkor" - "Navbahor" (2:1) uchrashuvidan so‘ng mehmonlar bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o‘z fikrlarini bildirdi.
"O‘yin haqida qisqacha? Qisqasi mag‘lub bo‘ldik, "Bunyodkor"ni g‘alaba bilan tabriklayman. Afsuski birinchi davradagi o‘zaro o‘yinda bo‘lgani kabi chiroyli bahs bo‘lmadi. Hayot davom etadi. Keyingi "Lokomotiv" bilan o‘yinga tayyorgarlikni boshlaymiz.

Bizga futbolchilar yetishmayapti. Men klubdan ketayotganimda 3-o‘rinda edik, qaytganimda 6-o‘rinda edik. O‘runovni sotib yuborishdi, Abdujamol Isroilovning oyog‘i sindi, Azim Ahmedov jarohat oldi, Lukichning oyog‘i sindi... Hozir tarkibimizda bor futbolchilardan minnatdorman. To‘g‘ri qayerdadir mahorat yetishmayapti. Hech nima qila olmaymiz. Agar yuqoridagi barcha futbolchilar bo‘lganida boshqacha o‘yin bo‘lardi. Agar zaxiradan maydonga tushib o‘yinni kuchaytira oladigan futbolchi bo‘lmasa faqat baqirish mumkin, xolos. Bu yerda barchasi ochiq oydin ko‘rinib turibdi.

Bu yil mendan aniq bir natija talab etishmagandi, to‘g‘ri biz g‘alaba qozonishni, teparoqda bo‘lishni istagandik. Asosiy e’tibor keyingi yilga edi. Ammo ketma-ket g‘alabalardan keyin sovrinli o‘rinlar haqida gapirishni boshlashgandi. Futbolchilarsiz natija qo‘lga kiritish juda qiyin. Bundan tashqari tashqi ta’sirlar ham bor, o‘zingiz ko‘rdingiz...

Futbol bu ijodiy o‘yin, bizga kuch yetishmadi, qo‘rqdik. Biz talab qilayapmiz, ammo futbolchilar maydonda o‘ynashadi-ku. Bu yerda ko‘p gapirishimiz mumkin, ammo barchasi maydonda hal bo‘ladi. Zarba bermadik, demak xohlashmadi, uddalay olishmadi. Hozir jamoada bor futbolchilar bilan ishlayapmiz, ular maydonga tushib oxirigacha kurashishmoqda.

"Navbahor"da yangi mavsumda yangi murabbiy bo‘lish haqida mish-mishlar yuribdi? Mening klub bilan shartnomam bor. Yashayversak ko‘raveramiz", - deydi Andrey Kanchelskis.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Sport » Keyingi yil "Navbahor"ga yangi murabbiy keladi? Andrey Kanchelskis munosabat bildirdi