
Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqadigan Fazliddin Gʻoibnazarovning (7-1, 4 KO) Qozogʻistonda 16-dekabr kuni navbatdagi jangini oʻtkazishi haqida xabar berib oʻtgan edik. Lekin raqibi aniq emas edi.
Bu borada bokschimizning murabbiyi Abror Tursunpoʻlatov oydinlik kiritdi. Yurtdoshimizga ushbu jangda argentinalik Mauro Maksimiliano Godoy raqiblik qiladi. Mazkur charmqoʻlqop ustasi juda tajribali boʻlib, u profi ringda 38 marotaba jang oʻtkazgan. Ularning 32 tasida gʻalaba qozonib, 5 marotaba magʻlubiyat va bir bor durang qayd eta olgan. Gʻalabalarining 17 tasini nokaut evaziga qoʻlga kiritadi.
Eslatib oʻtamiz: Gʻoibnazarovning 9-jangi 16-dekabr kuni Qozogʻistonning Almati shahrida boʻlib oʻtadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar