
Ravshan Ermatov rasman hakam sifatidagi xalqaro faoliyatiga yakun yasadi, deb xabar beradi, Alisher Nikimbayev.
OFK qarorgohida shu munosabat bilan alohida marosim o‘tkazilgan.
Eslatib o‘tamiz, Ravshan Ermatov ayni paytda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasining birinchi vitse-prezidenti hisoblanadi.
Ma’lumot uchun, Ermatov xalqaro faoliyatini 2003 yili boshlagan. U 3ta Jahon chempionatida 11ta o‘yinni boshqargan va bu borada rekordchi sanaladi. Shuningdek, u 2 marta Osiyo Kubogi finalini, 1 marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalini bosh hakamlik qilgan. E’tiborlisi, Ermatov 5 bor Osiyoning eng yaxshi hakami deb tan olingan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar