
Foto: AP
Yevropa Chempionlar Ligasining to‘rtta guruxida 5-tur o‘yinlari yakuniga yetdi.
5-turdan so‘ng pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan navbatdagi uch jamoaning nomi ma’lum bo‘ldi. Bular – «Real», «Manchester Siti» va «Tottenhem». Tur doirasida «Real» «PSJ»dan revansh ololmadi, tayyor g‘alabani qo‘ldan chiqardi. «Yuventus» Dibalaning goli evaziga «Atletiko»ni mag‘lub etdi.
Mourinoning ЕChLga qaytishi omadli bo‘ldi va «Tottenhem» kambek qilib, pley-off chiqdi. «Bavariya» esa mehmonda javobsiz 6ta gol urdi, Levandovski pokerga erishdi.
Faqat S va D guruhlarida ikkinchi o‘rin bilan yo‘llanmani qo‘lga kiritadigan klublarni aniqlash so‘nggi turga qoldi.
ЕChL, 5-tur, 26 noyabr
A guruhi
Real – PSJ 2:2
Gollar: Benzema (17, 79) – Mbappe (81), Sarabiya (83).
Real: Kurtua, Marselo, Varan, Ramos, Karvaxal, Isko (Rodrigo, 82), Kroos, Valverde (Modrich, 76), Kazemiro, Azar (Beyl, 67), Benzema.
PSJ: Navas, Mene, Tiago Silva, Bernat, Markinos, Verratti, Guye (Neymar, 46), Di Mariya (Sarabiya, 75), Kimpembe, Mbappe, Ikardi (Draksler, 75).
Ogohlantirishlar: Marselo (68), Myone (88).
Galatasaroy – Bryugge 1:1
Gollar: Byuyuk (11) – Dyatta (90+2).
V guruhi
Tottenhem – Olimpiakos 4:2
Gollar: Alli (45+1), Keyn (50, 77), Ore (73) – El-Arabi (7), Semedu (19).
Srvena Zvezda – Bavariya 0:6
Gol: Goretska (11), Levandovski (53 penalti, 60, 64, 67), Tolisso (89).
S guruhi
Atalanta – Dinamo Z 2:0
Gollar: Murel (27, penalti), Gomes (47).
Manchester Siti – Shaxtyor 1:1
Gollar: Gyundogan (56) – Solomon (69).
D guruhi
Yuventus – Atletiko M 1:0
Gol: Dibala (45+2).
Yuventus: Shchesni, Danilo, Bonuchchi, De Shilo, de Ligt, Remzi (Bernardeski, 63), Bentankur (Xedira, 86), Pyanich, Matyuidi, Ronaldu, Dibala (Iguain, 76).
Atletiko: Oblak, Felipe, Lodi (Lemar, 64), Tripper, Ermoso, Koke, Saul, Errera (Korrea, 60), Tomas, Vitolo (Felish, 54), Morata.
Ogohlantirishlar: Ermoso (32), Bentankur (35), Lodi (40), Saul (52), Errera (58).
Lokomotiv – Bayer 0:2
Gollar: Jemaletdinov (11, avtogol), Sven Bender (54). “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar